Ichki audit xizmati mutaxassislarini tanlash uchun tender

Перевести на: ru uz en

“Toshkent issiqlik elektr stantsiyasi” AJ ichki audit xizmati mutaxassislarini tanlash uchun tender e’lon qiladi

Tender taklifida quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak:

— auditor rezyumesi;

— auditor pasport va  diplomining nusxalari;

— auditor va ichki auditor sertifikatining nusxasi;

— tender hujjatlariga muvofiq taqdim etish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlar.

Nomzodga qo’yiladigan asosiy talablar:

—  Iqtisodiy oliy ma’lumot;

— Buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati bo’yicha so’nggi o’n yil ichida kamida besh yil ish tajribasi;

— Energetika sohasi bo’yicha etarli ma’lumot;

— Auditning ixtisoslashgan ko’nikmalarini bilish va ularni qo’llash qobiliyati, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini bilish maqbuldir.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2019 yil 26-dekabrgacha qabul qilinadi.

Tenderda ishtirok etish uchun arizalar pochta orqali yuborilishi yoki “Toshkent issiqlik elektr stantsiyasi” AJ ofisiga quyidagi manzil bo’yicha topshirilishi kerak:

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar SHFY. Pochta indeksi: 111219

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun qo’ng’iroq qiling: (71) 236 60 21

Leave a Reply

Яндекс.Метрика