Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari  e’lon qilindi

Qibray tumani uchun issiqlik energiyasining yangi tariflari e’lon qilindi

Issiqlik energiyasi iste’molchilari (Issiqxona rahbarlari) va aholining bir necha bor murojaatlarini hisobga olgan holda «Toshkent IES» AJ tomonidan ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasi uchun qaytadan yangi tariflari tasdiqlandi.

 Barcha issiqlik energiyasi iste’molchilar uchun 2023 yil 25 noyabrgacha issiqlik tarifi, 275 000 so‘mligicha o‘zgarishsiz qoldirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 5¹ - bandiga asosan issiqlik energiyasi tarifini 2023 yil 25 noyabrdan 2024 yil 30 aprelgacha barcha iste’molchilar uchun 480 000 so‘m QQS bilan belgilandi.