Qibray tumani uchun issiqlik va elektr energiyasining yangi tariflari 2023 yil 14 noyabridan kuchga kiradi

Qibray tumani uchun issiqlik va elektr energiyasining yangi tariflari 2023 yil 14 noyabridan kuchga kiradi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasining 2023 yil 27 oktyabdagi 18 - sonli bayonnomasi bilan Toshkent viloyati Qibray tumani uchun  «Toshkent IES» AJ tomonidan ishlab chikariladigan issiqlik energiyasi uchun yangi tariflari tasdiqlangan.

Barcha iste’molchilar, shu jumladan, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, barcha o‘lchamlardagi issiq suv va bug‘ni oladigan ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchilar hamda ulgurji iste’molchi – qayta sotuvchilar (o‘z balansida issiqlik tarmoqlari bo‘lgan, ulardan foydalanadigan, energiya bilan ta’minlovchi tashkilotdan olingan issiqlik energiyasini ulgurchi xarid qiladigan va qayta sotadigan xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar), barcha o‘lchamlardagi issiq suv va bug‘ni oladigan teplitsa-issiqxona xo‘jaliklari uchun yangi tarif 1 Gkal uchun 537 000 so‘m etib tasdiklandi (joriy tarif 275 000 so‘m). 

«Issiqlik manbai» korxonasi uchun tarif 1 Gkal uchun 537 000 so‘m qilib belgilandi (amaldagi tarif 275 000 so‘m).

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun 1 kVt.soat elektr energiyasi QQS hisobga olingan holda 1026,0 soʻm 2023 yil 31-dekabrgacha, 2024 yil 1-yanvardan 1 kVt.soat elektr energiyasi QQS hisobga olingan holda 1026,0 so’m etib belgilandi.

Izoh: Tabiiy gaz va mazut yoqilg‘isi narxlari hamda yuridik shaxslar uchun suv resurslari tariflarining oshishi issiqlik energiyasi tannarxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda.