Toshkent IESda 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
26.09.2025
0
Toshkent IESda 2025–2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 370 MVt quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasida reja asosida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Bu texnik xizmatlar yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilmoqda. Jumladan, AQSHning “General Electric” hamda “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ham jalb qilingan.
Mavsumga tayyorgarlik jarayonida qurilmada aniqlangan kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilyapti, bu Toshkent IES energobloklarining ishonchli, barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.