Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

Rivojlanish strategiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi, 28.09.2023 yildagi 166-son farmonida 2023 — 2030 yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi belgilab berildi,

Soʻnggi yillarda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investisiyaviy jozibadorlikni, aholining ishchanlik faolligini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini kengaytirish hamda ijtimoiy soha va aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.

Energetika sohasida sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, sohaga xorijiy va xususiy investisiyalar kelishini koʻpaytirish, narx shakllanishining erkin va shaffof mexanizmlarini joriy qilishga asoslangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini tashkil etish maqsadida koʻplab huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Farmonda elektr energiyasi ta'minotining uzluksizligi, barqarorligini ta'minlash va iste'molchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, elektr energetika tarmogʻining investisiyaviy jozibadorligini oshirish hamda sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishga shart-sharoit yaratish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyatidan keng foydalanish evaziga «yashil energiya» ishlab chiqarish koʻlamini kengaytirish masalalari birlamchi vazifalar sifatida koʻrsatilgan.

"Toshkent IES" AJ da ham keyingi paytlarda investisiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari salohiyatini kengaytirish borasida yangi-yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, korxona mamlakatimizdagi barpo qilingan ilk issiqlik elektr stansiyalaridan biridir. Ayni kunda 12 ta an'anaviy energoblok va bitta zamonaviy 370 MVtli bugʻ-gaz qurilmasi faoliyat yuritmoqda. Stansiya tomonidan sutkasiga oʻrtacha 20 mln. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada 370 megavatt boʻlgan bugʻ-gaz qurilmasi bugungi kunda yuqori quvvatda, samarali ishlab kelmoqda. Ma'lumot uchun: Mazkur blok yoqilgʻini nisbatan kam sarflashi bilan ajralib turadi. Masalan, an'anavity energobloklarda 1 kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 370 gramm shartli yoqilgʻi talab qilingan boʻlsa, bu qurilma orqali 223 gramm yoqilgʻi sarflanadi. Qurilma yiliga 2,6 milliard kilovatt soat elektr, 110 ming gegakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga asosan, “Toshkent IES” AJ da umumiy quvvati 84 kVt bolgan fotoelektr stansiyasi ishga tushurilgan. Foto elektr stansiyasi tomonidan yil davomida o’rtacha 76 205 kVt soat elektr enerigyasini iqtisod qilinishiga erishiladi. Fotoelektr stansiyasi tomonidan yil boshidan boshlab hozirgi kunga qadar 51 759 kVt elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari korxonada umumiy quvvati 990 kVt bo’lgan chastota rostlovchi qurilmalari 12 dona elektr dvigatellari nasoslariga o‘rnatilgan. Bu esa o’z navbatida yil davomida o’rtacha o’z ehtiyojlari uchun elektr energiya sarfini 1 737 372 kVtga kamaytirishga olib keladi.

Stansiyaning tashqari yoritish chiroqlariga har birining quvvati 200 W bo’lgan 22 dona quyosh panelli yoritish chiroqlari va staansiyaning ichki yoritish yo’laklariga 324 dona sensorli harakat datchiklari, shuningdek, issiqlik energiyasini iqtisod qilish bo’yicha korxonada har birining quvvati 0.016 Gkal 7 dona quyosh suv isitgichlari o’rnatilgan.

Ayni kunda “Toshkent IES” AJda "Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi asosida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.2025 yil uchun "atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari" rejasiga muvofiq quyidagi ishlar ko‘zda tutilgan:

Atmosfera havosini muhofaza qilish, ifloslantirish darajasini pasaytirish, buning uchun rejim haritalarini tayyorlash,10-sonli energoblokning qozon agregatida rejim va sozlash sinovlarini o‘tkazish, 1-son energoblokda yuqori samaradorlikka ega chang gaz tozalash uskunasini o‘rnatish ishlari bajariladi.Qolaversa, Mazut va gaz xo‘jaliklarda mexanik birikmalarni ushlab qolish uchun foydalaniladigan mexanik filtrlarning elementlarini yangisiga almashtirish rejalashtirilgan. Atrof tabiiy muhit monitoringini amalga oshirish va biologik materiallar ta'sirini kamaytirish maqsadida, bloklarda filtrlash materiallari bosqichma-bosqich almashtiriladi.