Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda https://www.tpp.uz/ veb-saytiga havola qilish majburiy.

Veb-sayt sinov versiyasida ishlamoqda
logo

DIQQAT E'LON

BILDIRGI

24.03.2026

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.09.2024-yildagi “Yoqilg’i energetika sohasi korxonalarini transformatsiya qilishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-329 sonli qarori talablari va “SMART INTEGRITY ME” MChJning 30.09.2024-yildagi 80-sonli buyrug’iga tasdiqlangan “Yo’l xaritasi”ning 10 bandi “Yoqilg’i energetika sohasi korxonalarida xarid jarayonlarini auditdan o’tkazish, shu jumladan koorupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini samaradorligini oshirish (forenzik)” ga asosan 2025 yil yakuni bo’yicha “Toshkent IES” AJ da xarid jarayonlarini tahlil qilish, audit va forenzik analizi o’tkazilishi belgilangan. Shu maqsadda ushbu xizmatnlarni bozor qiymatini o’rganish va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan tijorat takliflarni olish uchun “Toshkent IES” Ajning https://toshkenties.uz saytiga e’lon qo’yish talab etilmoqda.

Tanlov taklifida quyidagi hujjatlar bo'lishi kerak:

tanlov ishtirokchisining audit o'tkazishning dastlabki qiymati ko'rsatilgan tanlovda ishtirok etish taklifi;

auditorlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;

tashkilot hagida ma'lumot;

auditorlik malaka sertifikatlari va boshqa xalgaro sertifikatlar nusxalari;

tashkilot haqida ma'lumot;

auditorlik malaka sertifikatlari va boshga xalgaro sertifikatlar nusxalari;

- sug'urta polisining nusxasi;

Quyidagi auditorlik tashkilotlari tanlovda ishtirok etishlariga ruxsat etiladi:

tegishli yil uchun ustav kapitalida davlat ulushi 50% gacha bolgan korxonalarni tashqi auditini o'tkazishga vakolatli auditorlik tashkiloti;

barcha tadbirkorlik subektlarining auditini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega;

milliy audit standartlari, milliy standartlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarga muvofiq audit o'tkazish tajribasiga ega bo'lish;

moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni tekshirish

tajribasiga ega bo'lish.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025-yil 27-martgacha qabul gilinadi.

Tanlov g'olibi Jamiyat uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif gilgan ishtirokchi hisoblanadi: narx, sifat va tekshirish muddati bo'yicha.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar: «TOSHKENT ISSIQLIK ELEKTR STANSIYA» AJ elektron pochtasiga yuborilishi kerak: info@toshkenties.uz

Telefonlar: (+998 71) 236-60-21, (+998 78) 150-13-56

Rasmiy veb sayt: https://toshkenties.uz/.