DIQQAT E'LON
2027-yil uchun SAP S/4HANA litsenziyalarini texnik qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha
1. LOYIHANI AMALGA OSHIRISH UCHUN ASOS
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2022 yildagi PQ-357-son “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori.
2 ISHLAR, XIZMATLAR RO'YXATI VA ULARNING HAJMI
2.1 Qo'llab-quvvatlanadigan dasturiy ta'minotni 12 oy davomida texnik qo'llab-quvvatlash xizmatlari bo'yicha tijoriy taklif berish.
2.2 SAP dasturiy ta'minotini yangilash. Huquq egasi SAP dasturiy ta'minotini sifatini oshirish va o'zgarib turadigan sharoitlarga moslashtirish uchun yaxshilab boradi. Shunga ko'ra, Ijrochi SAP dasturiy ta'minotidagi yangi ishlanmalar va yangi funksional imkoniyatlar haqida o'z vaqtida ma'lumot oladi.
2.3 Qo'llab-quvvatlash paketlarini berish. Buyurtmachi Ijrochidan qo'llab-quvvatlash paketlarini oladi. Bu paketlarda SAP dasturiy ta'minotidagi xatolarni tuzatish to'plamlari bor. Qo'llab-quvvatlash paketlarida mavjud funksiyalarni o'zgargan qonunchilik va normativ talablarga moslashtirish uchun tuzatishlar ham bo'lishi mumkin.
2.4 SAP dasturiy ta'minotidagi nosozliklarni bartaraf etish.
3 ISHLARNI BAJARISH VA XIZMATLARNI KO'RSATISH SHARTLARI
Qo'llab-quvvatlash bo'yicha Hamkorning majburiyatlari
3.1 Hamkor SAP bazaviy dasturiy ta'minotidan foydalanish bilan bog'liq barcha so'rovlar bo'yicha hamkor sifatida qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatish uchun to'liq javob beradi. Bunga SAP produktiv (ishchi) tizimini sozlash (konfiguratsiya) masalalari, qo'shimcha ishlanmalar, shuningdek Buyurtmachi yoki uchinchi shaxslar o'zgartirgan SAP standart obyektlari va jadvallari kirmaydi.
3.2 Hamkor va SAP dasturiy ta'minotga berilgan har bir buyurtma bo'yicha SAP qo'llab-quvvatlash kelishuvini tuzishi kerak. Bu buyurtma Hamkor texnik qo'llab-quvvatlash ko'rsatmoqchi bo'lgan Yakuniy foydalanuvchi nomidan berilgan bo'ladi.
3.3 Texnik qo'llab-quvvatlash darajasi va SAP qo'llab-quvvatlash kelishuvining Shartlari yakuniy Buyurtmachiga ham aynan bir xil tarzda (ko'zgudek) o'tkazilishi kerak.
3.4 SAP Qo’llab-quvvatlanadigan dasturiy ta’minotni Hamkordan keyingi bosqichda qo’llab-quvvatlaydi. Avval Hamkor o’zining qo’llab-quvvatlash bo’yicha majburiyatlarini bajaradi. Shundan keyingina SAP Hamkordan qo’llab-quvvatlash bo’yicha nostandart holatlarni qabul qiladi.
3.5 Qo'llab-quvvatlash bo'yicha nostandart holatlar haqida xabarlar kelganda Hamkor qo'llab-quvvatlanadigan yakuniy foydalanuvchilarga mahalliy ish vaqti davomida tegishli rasmiy tilda yordam beradi. Bu SAP guruhining qo'llab-quvvatlanadigan dasturiy ta'minotining barcha turlariga tegishli.
3.6 Hamkor qo'llab-quvvatlanadigan yakuniy foydalanuvchilar qo'llab-quvvatlash bo'yicha nostandart holat haqida kecha-kunduz va dam olish kunlarisiz xabar yubora olishini kafolatlashi kerak.
3.7 Qo'llab-quvvatlash bo'yicha nostandart holatni SAPga topshirishdan oldin Hamkor uni bartaraf etish uchun vositalar va resurslardan foydalanib, o'zining barcha qo'llab-quvvatlash bo'yicha majburiyatlarini bajarishi kerak.
4. Maxsus talablar:
• Takliflarni taqdim etişning oxirgi muddati: 2026-yil 16-noyabr;
5. Iltimos, takliflaringizni quyidagi kanallar orqali yuboring:
• Elektron poçta: info@toşkenties.uz
• Poçta manzili: 111219, Toşkent viloyati, Qibray tumani, Salar şaharçasi, Farovon MFY, Toş GRES köçasi, 227-uy.
"Toşkent issiqlik elektr stansiyasi" AJ tijorat takliflarida keltirilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritiş uçun qöşimça ma’lumotlar söraş huquqini özida saqlab qoladi.