logo

DIQQAT E'LON

"Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" aksiyadorlik jamiyati texnik-tijoriy takliflar (TTT) qabul qilishni e'lon qiladi.

07.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi" 319-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktyabrdagi "Elektr energetika tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" PP-3981-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi "Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va ularni isrof qilib sarflashning oldini olish, shuningdek, energiyani tejash boʻyicha chora-tadbirlarni takomillashtirish toʻgʻrisidagi" PP-133-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-apreldagi "2026-yilda energiyani tejash, iqtisod qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi" UP-70-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-noyabrdagi "Elektr energiyasini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 749-sonli qarorlari, shuningdek, "Smart Integrity M E" MCHJning 2026-yil 5-iyundagi 103-sonli buyrugʻi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi "Davlat xaridlari tizimida raqobat muhitini va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi" PP-259-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-sentabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi" Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi" PP-3953-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi 684-sonli "Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi" Qonuni, hamda SIMEH 34-689:2024 "Elektr stansiyalarida ishlab chiqarish-xoʻjalik ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom" normativ hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida, xarid eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.


Eng yaxshi takliflarni tanlash – bu xarid jarayoni ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni qiyosiy tahlil qilish asosida, eng iqtisodiy va texnik jihatdan foydali taklifni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan raqobatbardosh xarid usulidir.


Predmet boʻyicha texnik-tijoriy taklifga qoʻyiladigan talablar:

Toshkent IES AJning mahalliy AIISKUEni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning avtomatlashtirilgan hisobga olish va nazorat qilish tizimiga (CAS tizimi) integratsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarish uchun


Texnik-tijoriy taklif quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:


• Korxona AIISKUE tizimlarini "HET" AJning CAS markaziy platformasi bilan dasturiy-apparat integratsiyasi boʻyicha ishlarni bajarish tajribasi (referens-varaq mavjudligi).

• AIISKUE dasturchilari, tarmoq protokollari va axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarning malakali muhandislari mavjudligi.

• Yetkazib beruvchi kafolat muddati davomida "HET" AJning CAS tizimiga maʼlumotlar uzatishdagi nosozliklarni, dasturiy taʼminot yoki aloqa sozlamalari ishdan chiqishi sababli, tezda bartaraf etish majburiyatini oladi.

• Bajariladigan ishlar hajmi uchun smeta hujjatlari mavjudligi.


Maxsus talablar:


• Rahbar pasporti, koʻrsatilgan ishlarni bajarish huquqini tasdiqlovchi amaldagi litsenziyalar va sertifikatlarning taqdim etilishi;

• Tijoriy takliflarni topshirish muddati — 2026-yil 7-sentabrdan 11-sentabrgacha

• Barcha ishlarni yakunlash — shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kalendar kun.


Takliflarni quyidagi manzilga yuborishingizni soʻraymiz:

• elektron pochta orqali: info@toshkenties.uz

• pochta manzili boʻyicha: 111219 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shaharchasi, Farovon MFY, ToshGRES koʻchasi, 227-uy.

"Toshkent IES" AJ TTTda taqdim etilgan maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar soʻrash huquqini oʻzida saqlab qoladi.