logo

DIQQAT E'LON

«Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyati texnik-tijoriy takliflar (TTT) qabul qilishni e'lon qiladi.

24.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish hamda vakolatli davlat organini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi UP-81-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi «Sanoat korxonalarning atrof-muhitga zararli taʼsirini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 783-son qaroriga muvofiq, atrof-muhit ifloslanish manbalarini sifatli monitoringini yuritish maqsadida, ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «№ 1, 2-energobloqlarning qozan agregatlaridan chiqadigan tutun gazlarini tozalash uchun gaz tozalash uskunasini oʻrnatish boʻyicha loyihalash, yetkazib berish va qurilish-montaj ishlarini bajarish» texnik topshirigʻi asosida «Toshkent IES» AJ № 1, 2-energobloqlarning mavjud filtrlash qurilmasiga tutun gazlarining oltingugurtdan tozalashni (SO₂) oʻrnatishni rejalashtirmoqda.

Texnik topshiriq quyidagilarni nazarda tutadi:

• № 1, 2-energobloqlarning mavjud filtrlash qurilmasida tutun gazlarining oltingugurtdan tozalash (SO₂) qurilmasini qurish.

• № 1-2 energobloqlar uchun bitta oltingugurtdan tozalash uskunasi toʻplamini oʻrnatish;

• «pod klyuch» (EPC) shartlarida ishlarni bajarish.

Koʻrsatilgan ishlarni bajarish uchun texnik-tijoriy taklifni taqdim etish uchun malakali tashkilotlarni taklif qilamiz.

TTTda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

• shunga oʻxshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi;

• mijozlarning tavsiyalari va fikr-mulohazalari;

• berilgan texnik topshiriqqa muvofiq texnik yechimlar;

• amalga oshirishning taxminiy muddatlari va tijoriy shartlar.

Takliflarni quyidagi manzilga yuborishingizni soʻraymiz:

elektron pochta orqali: info@toshkenties.uz

yoki pochta manzili boʻyicha: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Salar shahar posyolkasi, "Farovon" MFY, "Tashgres" koʻchasi 227-uy

«Toshkent IES» AJ qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash va takliflar taqdim etgan tashkilotlar bilan keyingi muzokaralarni oʻtkazish huquqini oʻzida saqlab qoladi.